Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Iqtisodiyot va menejmnet

 Sattikulova_G Sattikulova Gavharniso Axmadxanovna
Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o’qituvchi
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqti: Har kuni (14:00-16:00)
Telefon: +998 90 989-20-25
E-mail: gavxarniso_sattikulova@tsuos.uz

Iqtisodiyot va menejmnet kafedrasi

“Iqtisodiyot va menejment” kaferdasida 2024-2025 o‘quv yilida  20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan  5 nafari fan nomzodi (5 nafari dotsent), 2 nafari PhD (1 nafari dotsent, 1 nafari katta o‘qituvchi), 6 nafar katta o’qituvchi, 5 nafari o‘qituvchi va 2 nafari stajer-o‘qituvchilardir. Kafedraning ilmiy salohiyati 35% ni tashkil etadi. Kafedrada 60410100 – “Iqtisodiyot” , 60410800 – “Menejment”,   60411400 – “Mamlakatshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari va 70410108 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” , 70411401 – “Mamlakatshunoslik” mutaxassisliklari mavjud. Kafedra talabalari qator xalqaro va nomdor davlat stipendiyalari sovrindoridir. Jumladan, turli yillarda kafedra talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Navoiy davlat stipendiyasi, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi qo‘lga kiritganlar. Shu bilan birga bakalavr, magistratura hamda til kurslarini o‘qish uchun Xitoy, AQSh, Hindiston, Yaponiya, Turkiya, Arab davlatlari, Indoneziya ta’lim grantlarini qo‘lga kiritib, bilim olishni xorijda davom ettirmoqdalar. Shuningdek, talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar xorijiy mamlakatlarda uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar o‘tab kelmoqdalar.

 

Iqtisdoyit_va_menejment_uz (1)

Iqtisdoyit_va_menejment_uz (2) Iqtisdoyit_va_menejment_uz (3)

“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi tadqiqotchilarining ilmiy ishlari

Tadqiqotchining F.I.Sh Tadqiqot ish mavzusi Ilmiy rahbar F.I.Sh
1 Sattikulova Gavharniso Axmadxanovna O‘zbekistonda ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish yo‘llari i.f.d., akademik Tuxliyev N.T.
2 Ermamatov Shonazar Jumakulovich Milliy iqtisodiyotning samarali hududiy tarkibini shakllantirish muammolari i.f.d., akademik Tuxliyev N.T.
3 Xakberdiyev Kaxramon Kurbanovich Budjet mablagʼlaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari i.f.d., akademik Tuxliyev N.T.
4 Ziyadullayeva Lola Saidkarimovna Sharq mamlakatlarida sanoatlashtirish siyosati
5 Sadibekova Bibisara Djapparovna Globallashuv sharoitida Xitoy iqtisodietining rivojlanish tendentsiyalari
6 Xolmatov Nemat Boymirzayevich Milliy iqtisodiyot sanoatlashuv jarayonining institusional muammolari i.f.d., akademik Tuxliyev N.T.
7 Salayev Dilshod Sofarbayevich Milliy iqtisodiyotda investitsiya muhitini yaxshilash asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash i.f.d., professor Rasulov T.S.
8 Kambarova Shaxnozaxon Mirvoxitovna Kichik biznes korxonalarida marketing faoliyatidan foydalanish yo‘nalishlari i.f.d., professor Tursunxodjayev M.L.
9 Salixova Alina Muratovna Ijtimoiy xizmatlar sohasini takomillashtirish evaziga iqtisodiy xavfsizlikni oshirish imkoniyatlari i.f.n., dotsent Ermamatov Sh.J.
10 Imamova Nilufar Asamutdinovna Milliy ta’lim klasterlarining shakllanishi va takomillashishining o‘ziga xos xususiyatlari i.f.d., akademik Tuxliyev N.T.
11 Zokirjonova Feruza Yo‘ldoshevna Raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston  mehnat bozorining amal qilish mexanizmi i.f.d., professor Rasulova D.V.
12 Azizova Feruza Vasikovna O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining geografik jihatlari g.f.n., dotsent Nazarov M.
13 Iskandarov Shaxzod Olimjon o’g’li Xorijiy Sharq mamlakatlarida iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish tajribasi va undan O‘zbekistonda foydalanish i.f.n., dotsent Xakberdiyev K.K.
14 Yuldasheva Kamilla Xalmuradovna Yaponiya avtomobil sanoati rivojlanishining zamonaviy xususiyatlari i.f.n, dotsent Umarova M.
15 Turlibekova Oygul Ilyas qizi Milliy innovatsiya tizimini shakllantirishning Koreya tajribasi va undan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari i.f.n., dotsent Ermamatov Sh.J.
16 Xasanova Shaxzoda Sarvar qizi Rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli daromadlarini shakllantirish manbalari va unga ta’sir etuvchi omillar (XXR va O‘zbekiston Respublikasi misolida) i.f.n., dotsent Sadibekova B.D.
17 Akbarova Kamola Akmaljonovna Global o‘zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy integratsiyasining zamonaviy xususiyatlari i.f.n., dotsent Ermamatov Sh.J.
18 Rashidov Javohir Farxod o’g’li Qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha Turkiya tajribasi va undan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari i.f.n., dotsent Salayev D.S.
19 Abidov Nozimxon Abidovich Halol turizmni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi va undan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari i.f.n., dotsent Ermamatov Sh.J.
20 Maxatov Sirojiddin Ismatillo o‘g‘li Innovasion rivojlanishning xorij tajribasidan O‘zbekiston iqtisodiyotida foydalanish imkoniyatlari i.f.d., professor Islamov B.A.

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
  • O’zbekston Respublikasi investitsiyalar Vazirligi
  • TIF Milly Banki
  • Ipak Yo’li Banki
  • TDIU qoshidagi O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqotlar markazi
  • Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
  • XK “Seide International”
  • “Innovasion ta’lim” o‘quv markazi va boshqalar
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  • “Sredazsvetmetenergo” AO
  • Toshkent moliya instituti
  • Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
  • Qozon davlat federal universiteti
  • Sankt-Peterburg universiteti
  • Misr Helwan universiteti
  • Tehron Tabatabai universiteti
  • Rossiya oliy iqtisodiyot maktabi

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

13.11.2024, 10:36 677