“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzuida davra suhbati o’tkazildi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2022/05/yrkyklh-1024x683.jpg)
24- may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” yo’nalishida “Ilimdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay” mavzuida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita mutahassisi Bahodir Daminov ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida bugungi kunda yoshlarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri taqsimlamasligi, ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning turli xil oqimlar tasiriga tushib qolishi va bu yo’lning natijalari hususida fikrlar yuritilda. Qizg’in o’tgan uchrashuvda talabalar tomonida berilgan o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar ham olishdi.