Katta ilmiy xodim izlanuvchilar va Mustaqil izlanuvchilarning navbatdagi Ilmiy seminari
2017-yil 19-yanvarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Katta ilmiy xodim izlanuvchilar va Mustaqil izlanuvchilarning navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda Karimjon Sobiriy (“Mumtoz filologiya” kafedrasi Mustaqil izlanuvchisi) “Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarga kiritilgan xitoycha matnlar talqini va uslubi” mavzuida ma’ruza qildi. Shuningdek, Nilufar Xodjayevaning (“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi Katta ilmiy xodim izlanuvchisi) “13.12.2016y. – 08.01.2017y. mobaynida Hindiston davlatiga bo‘lgan ilmiy safari haqida”gi HISOBOTI tinglandi.