Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning oziq-ovqat zaxiralarini oshirishdagi o‘rni va roli: muammo va imkoniyatlar” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya

25.05.2018, 18:27 Yangiliklar 3044

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning oziq-ovqat zaxiralarini oshirishdagi o‘rni va roli: muammo va imkoniyatlar” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

2018-yilning 19-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 12-martdagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga ko‘ra “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning oziq-ovqat zaxiralarini oshirishdagi o‘rni va roli: muammo va imkoniyatlar” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Globallashuv jarayoni ta’sirida iqlim o‘zgarishi keskinlashuvi  dunyoning ko‘plab davlatlarida, jumladan, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Osiyo va Afrika davlatlarida oziq ovqat tanqisligini muammosini keltirib chiqarmoqda. Dunyo hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarimizni jadal rivojlanishi davrida ushbu jarayonlar O‘zbekistonga ta’sir etmasligining kafolati yo‘qligini hisobga olib, oziq–ovqat maxsulotlarini yetishtirish orqali iqtisodiy salohiyatni oshirish va xalq farovonligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rolini oshirish muhim masalalardan hisoblanadi. Shu sababli ham mazkur anjumanning asosiy maqsadi – O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanish orqali oziq ovqat zaxiralarini kengaytirish va undan aholi turmush darajasini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni o‘rnini tahliliy ko‘rib chiqish hisoblanadi.

Konferensiyada vazirlik, idora va tashkilot, oliy talim muassasalari 156 nafar olim va mutaxassislari, yosh olimlar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va talabalar 122 ta maqola va tezislari bilan ishtirok etdilar. Shu jumladan, Xarkov ovqatlanish va savdo davlat universitetining 7 nafar olimlari o‘z tezislari bilan ishtirok etishdi.

Anjumanda mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini va raqobatbardoshligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish yo‘llari, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni va roli, globallashuv sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalish va mexanizmlari, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda bank-moliya tizimining o‘rni kabi masalalar muhokama qilindi.

Anjuman yakunida O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ishonchli tarzda, barqaror ta’minlash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

photo_2018-05-25_18-24-05 photo_2018-05-25_18-24-07 photo_2018-05-25_18-24-09 photo_2018-05-25_18-24-11