Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Manbashunos va tarixshunoslarning an’anaviy konferensiyasi

02.05.2018, 21:24 Yangiliklar 3081

2018-yilning 28-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqotlari metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari” mavzuidagi an’anaviy Respublika konferensiyasining 10-(o‘ninchi) navbati bo‘lib o‘tdi.

TDSHI rektori, professor A.Mannonov o‘zining kirish so‘zida mazkur konferensiyaning respublikadagi nufuzi yuqori ekanini ta’kidladi hamda tarix fani uchun manbashunoslikning ahamiyati haqida alohida to‘xtaldi. Shu bilan birga A.Mannonov, manbalar asosida Markaziy Osiyo mintaqasining bu mintaqa xalqlari uchun mushtarak asoslarini yoritishga qaratilgan xalqaro konferensiya tashkil qilish vaqti yetganini qayd etdi.

Konferensiyaning yalpi majlisida professor M.Is’hoqov, Halimboy To‘raev, N.E.Karimova, A.X.Doniyorov, D.H.Ziyoeva kabi yirik tarixchi  olimlarning ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiya yalpi majlisdan keyin to‘rt shu’baga bo‘lingan holda Manbashunoslik, tarixnavislik, etnologiya va mintaqa xalqlarining umumiy masalalari shu’balari bo‘yicha ish olib bordi.

Konferensiya ishida Nukus, Termiz, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro davlat universitetlari, Nukus davlat pedagogika instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, Namangan davlat injenerlari instituti, Toshkent islom universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan pedagogika va xizmat ko‘rsatish kolleji vakillarining jami 76 ma’ruzasi tinglandi.

Ishtirokchilar konferensiya yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlashdi. Qabul qilingan yakuniy hujjatda kelajakda uning doirasini xalqaro darajaga ko‘tarish, xususan Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari olimlari ishtirokini tashkil qilish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. Ushbu zaruriyat bugungi mintaqa davlatlari va xalqlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, yaqinlashuv, tarixiy madaniy birlik tuyg‘ulariga qaytishga qaratilgan tendensiya bilan belgilanishi qayd etildi.

photo_2018-05-02_16-25-48 photo_2018-05-02_16-25-54