Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi va Oʼrta asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklari manbashunosligi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

20.01.2023, 12:12 Yangiliklar 180

2023-yilning 20-yanvar soat Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Isʼhoqov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlab “Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi va Oʼrta asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklari manbashunosligi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

IMG_9324

Anjuman Sharq mamlakatlarida, xususan Markaziy Osiyo mintaqasida yaratilgan ulkan tarixiy, madaniy meros, tarixiy jarayonlarni oʻrganish, matnnavislikning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlarining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish, Markaziy Osiyo manbashunosligining jahon tarixiy bilimlari rivojidagi oʻrnini belgilash, mamlakatimizda Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini oʻrganilishining dolzarb masalalari boʻyicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni yanada jonlantirish, mazkur yoʻnalishlardagi muammolarning yangicha yechimlarini maslahatlashib olish, yosh sharqshunos-manbashunos va tarixchi kadrlar tayyorlash ishini samarali yoʻlga qoʻyish, respublikamizda va chet eldagi tarixiy manbalar va ilmiy asarlarni oʻrganishning ilmiy-nazariy asoslarini yanada teranlashtirish, Sharq mamlakatlari ilm-fanining rivojlanish tarixiga oid yangicha qarashlarni koʻrib chiqish hamda tahlil qilish, qoʻlyozma fondlaridagi asarlardan ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirishda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; Oʻzbekistonning Sharq va Gʻarb mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarining tarixiy asoslarini oʻrganish va oʻzaro munosabatlarning istiqbollarini belgilash kabi masalalarni atroflicha muhokama qilindi va ular boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Ushbu konferensiya natijalari sifatida “Markaziy Osiyo xalqlarining Qadimgi va Oʻrta asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklari manbashunosligi” nomli Respublika ilmiy-amaliy anjumani toʻplami va “Teran bilimli va bagʻrikeng olim” nomli Tarix fanlari doktori, professori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich 80 yoshga toʻlishi munosabati bilan tabriklar oʻrin olgan toʻplam nashr etildi.

IMG_9370

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich haqida qisqacha maʼlumot

IMG_9341

Tarix fanlari doktori Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi professori Mirsodiq Mirsultonovich “Soʻgʻd tilida feʼl sistemasi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi, “Soʻgʻd yozma yodgorlik¬lari¬ning paleografik tadqiqi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va bu bilan dunyo sugʻdshunoslik ilmida katta yangilikka erishgan.

1970-1978-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim vazifalarida ishlab, jonli dala arxeologik tajribasini orttirib, Qashqa¬daryoda Yerqoʻr¬gʻon xarobalarida Avesto davri dafn marosimiga oid dahma tarkibini arxeologik toʻliq ochishga erishdingiz va yozma manba¬larda kel¬gan maʼlumotlarning toʻgʻriligini amalda isbotlagan.

Uzoq yillar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Hamid Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar institutida katta ilmiy xodim, soʻng boʻlim mudiri lavozimlarida ishlab, Markaziy Osiyoning arab isti-losiga qadar qadimiy yozuvlari va yozuv madaniyati tarixi yoʻnalishida izlanishlar olib borib, tarixiy manbashunoslikning yangi sahifasini ochgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori lavozimida ishlagan va ushbu davrda (1998-2000-yillar) institut faoliyatining tubdan yangilanishi, tarkibiy tuzilmalarning qayta tashkil etilishi, tarix tadqiqotlari konseptual asoslarining obyektivlik va haqqoniylik tomon burilish davrini boshlab berilgan.

Olimning 1978-1981-yillarda Toshkent davlat madaniyat institutida dotsent, 1998-yildan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi mudiri, soʻngra Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi mudiri, hozirda esa ayni kafedra professori lavozimlarida olib borgan pedagogik faoliyatlari yuqori baholanadi.

Olimning ilmiy faoliyati serqirra boʻlib, Oʻnga yaqin monografiyalar, xalqimizning noyob tarixiy, madaniy-maʼnaviy merosi boʻlmish “Avesto” muammolari bilan bogʻliq boshqa nashrlar, bu yodgorlikni ilmiy izohlar bilan oʻzbek tilida amalga oshirgan nashrlari, bir necha ilmiy davlat granti loyihalaridagi faoliyatlari ilmiy jamoatchilik tarafidan eʼtirof etilgan.

“Tarixiy manbashunoslik, tarixshunoslik, tarix tadqiqotlari metodi va metodologiyasining dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika anʼanaviy yillik konferensiyasining tashkilotchisi sifatidagi xizmatlari tahsinga loyiq.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: