Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar amaliyoti va karyera markazi

 

s

Maxatov Sirojiddin Ismatillo o‘g‘li

Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 232-16-98
e-mail: sirojiddin_makhatov@tsuos.uz

Marketing va amaliyot bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari hamda boshqa yuqori turuvchi organlarning ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.

Bo‘limning maqsad va vazifalari quyidagilar:

  • Universitetda tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar ba’zasini shakllantirish;
  • Universitetda kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish;
  • Universitet bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash;
  • Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va aloqa o‘rnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma’muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to‘g‘risidagi fikrlarini o‘rganib borish;
  • Kadrlar iste’molchilari bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, talabalarni respublikamiz hududlarida, shuningdek, Xalqaro hamkorlik bo‘limi bilan muvofiqlashtirgan holda xorijda malaka amaliyotini o‘tashlarini yo‘lga qo‘yish;
  • Talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha korxona, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda shartnomalar imzolash;
  • Talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash va boshqalar.

  1. KARYERA MARKAZI
  2. HAMKOR VA ISH BERUVCHI TASHKILOTLAR
  3. BITIRUVCHILARNI ISHGA JOYLASHTIRISH VA ULARNING MONITORINGI
  4. BITIRUVCHILARIMIZ

XODIMLAR

IMG_7095 копия копия Abdullayeva Shahnoza Abdullayevna
Lavozimi:  Bosh mutaxassis
Qabul vaqtlari:  Dushanba va chorshanba kunlari (09:00-16:00)
Tel.: +99871 232-16-98
E-mail:
  • Iste’molchilarni raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli va yillik shartnomalar tuzish;
  • Bitiruvchini ishga taqsimlashda iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to‘g‘risidagi tavsiya va takliflarini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda e’tiborga olinishiga erishish;
  • To‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar yoki ishlab chiqarish korxonalari bilan turli xildagi shartnomalar tuzish;
  • Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqilishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasi komissiyasiga murojaat etish;
  • Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to‘g‘risida (viloyatlar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilish;
  • Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga axborotlar taqdim etish;
  • Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida oliy ta’lim muassasasining respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash.
  • Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqilishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasi komissiyasiga murojaat etish;

15.10.2024, 09:21 2644