Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“OGАHIY IJODIY MEROSI VА SHАRQ АDАBIYOTIDА АDАBIY АN’АNА MАSАLАSI” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya haqida e’lon

07.10.2022, 14:29 E'lonlar 2131

Konferensiya 2022-yil 17- dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ogahiy ijodiy merosi va sharq adabiyotida adabiy anʼana masalasi” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʼtkazish rejalashtirilgan. Ilmiy anjumanga mamlakatimizdagi Ogahiy va sharq adabiyoti boʼyicha tadqiqot ishlarini olib borayotgan taniqli mutaxassislar hamda olimlar taklif qilingan.

Konferentsiyada quyidagi masalalar muhokamaga tortiladi:

  1. Mumtoz sharq adabiyotining jahon xalqlari madaniyati rivojidagi oʼrni va Buyuk Ipak yoʼli mintaqasi xalqlarining adabiy anʼanalari;
  2. Mumtoz sharq adabiyotida janrlar tizimining shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti hamda «sayyor syujetlar” va anʼanaviy motivlar migratsiyasi masalasi;
  3. Sharq mamlakatlari mumtoz adabiyotidagi tarixiy-genetik, tarixiy-tipologik mushtarakliklar hamda Аlisher Navoiy va Ogahiy ijodidagi mushtarak jihatlar;
  4. Ogahiy asarlarining badiiyati va Ogahiy ijodida Sharq fol’klori an’analari;
  5. Ogahiy asarlarining til va uslub xususiyatlari,
  6. Ogahiy tarjimashunos, adib ijodida an’ana va novatorlik;
  7. Ogahiy ijodini o‘rta maktab va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish hamda adib ijodi namunalarini global tarmoqda joylashtirish masalalari;

Maqolalar quyidagi talablar bo‘yicha tayyorlangan bo‘lishi kerak:

  1. Maqolalar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi.
  2. Maqolaning umumiy hajmi 5-8 bet. Matn formati MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 1,5 interval, 14 kegel (yozma va elektron variantda) topshirilishi shart.
  3. Maqola matni tahrir qilingan holda A-4 o‘lchovida, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib, rasmiylashtiriladi.
  4. Maqolaning tepa qismi o‘rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan to‘q shriftda beriladi. Keyingi qatorning o‘rtasida muallif haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi (oliy o‘quv yurti nomi, shahar, mamlakat), telefon raqami va elektron manzili kursivda beriladi.
  5. Annotasiya va kalit so‘zlar ikki tilda: o‘zbek va rus tillarida berilishi lozim. Annotasiya hajmi masofalarsiz 150 belgidan oshmasligi kerak. Tayanch so‘zlar: 5-6 ta so‘z.
  6. Qabul qilingan materiallar anjuman materiallari to‘plami sifatida nashr qilinadi.
  7. Anjuman mavzusiga, ilmiy me’yorlarga va texnik talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi.
  8. Ma’ruza matnlari quyidagi tartibda shakllantirilishi lozim:
  • Annotasiya, tayanch so‘zlar
  • Kirish
  • Asosiy qism
  • Xulosa
  • Adabiyotlar

Maqolalar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.

Maqolalarning elektron nusxasini 2022-yil 15 – noyabriga qadar quyidagi manzilga https//tme/tsouskonferenciya jo‘natishingiz so‘raladi:

ANJUMAN TALABNOMASI SHAKLI:

  • Familiyasi
  • Ismi
  • Otasining ismi
  • Ilmiy daraja
  • Ilmiy unvon
  • Ish joyi manzili
  • Xizmat telefoni
  • Uyali telefon
  • Elektron pochta manzili
  • Anjuman yo‘nalishi (sho‘’ba)
  • Ma’ruza mavzusi