O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi
Farmonga ko‘ra, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bir guruh professor-o’qituvchi va bitiruvchilari ham taqdirlandi.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Tuxliyev Boqijon – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori
“Shuhrat” medali bilan
Rahimov Komiljon Rahmatovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
“Shuhrat” medali bilan
Marupov Ilhom Islomovich – O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi
“Shuhrat” medali bilan
Yuldashev Muslum Islamovich – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti (2024-2025-o’quv yilidan)