Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni keng jamoatchilik nigohida

30.05.2017, 15:16 Yangiliklar 8466

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni mazmun-mohiyati keng o‘rganilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20-may kuni bo‘lib o‘tgan video-seminar qarorida ham ushbu hujjat targ‘ibotini professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar orasida yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan edi. Shu munosabat bilan  kecha bo‘lib o‘tgan institut Ilmiy Kengashida mazkur Farmonning professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarga tushuntirish ishlari qay darajada olib borilayotganligi haqida mas’ullarning hisobatlari tinglandi. Ilmiy Kengash ushbu masala yuzasidan mas’ullarga targ‘ibot ishlarini jadal davom ettirish, bu Farmon bo‘yicha talabalar bilan savol-javoblar qilish uchun o‘zbek va rus tillarida savollarni tuzish, har bir kafedrada davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazish kabi topshiriqlarni  berdi va o‘z qaroriga kiritdi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi