«O’zbekiston tarixi» telekanalida mehmonda ToshDSHI professor-o’qituvchi va talabalari
9-oktabr kuni ToshDSHIning Tarix va falsafa fakulteti, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari «O’zbekiston tarixi» telekanalining «Tarixiy savol» online ko’rsatuvida ishtirok etdilar. Mazkur telekanal bilan ustozlarimizning uzviy hamkorligi kelgusida bardavom va foydali bo’lishi kutilmoqda. Professor-o’qituvchilarimizning mahorat darslari ham endilikda oynai jahon orqali efirga uzatiladi.
