Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekiston tarjimashunoslari forumi – 2018”

24.11.2018, 23:58 Yangiliklar 2728

2018-yilning 24-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “O‘zbekiston tarjimashunoslari forumi – 2018” respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston tarjimashunoslari anjumani an’anaviy tarzda 8 yildan beri o‘tkazilayotgan bo‘lib, tarjimashunoslik ilmi bilan shug’ullanuvchi olimlar, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilarning muloqot maydoniga aylanib ulgurgan. Bu yilgi forumda ham tarjimashunoslikning dolzarb masalalari yuzasidan tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari va tadqiqotchilar, magistrant hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Plenar sessiyada shuningdek O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, “Jahon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillari instituti professori Muhammadjon Xolbekov, tarjimashunos olim Zuhriddin Isomiddinov, TDSHI dotsenti Gulchexra Rixsieva, TDSHI professori Adhambek Alimbekov, Hindistonlik mutaxassis Asha Nair ham ma’ruza qilib, tarjimashunoslikning dolzarb masalalari haqidagi fikr va mulohazalari bilan bo‘lishishdi.
Yalpi majlisning ikkinchi qismida TDSHI Tarjimashunoslik kafedrasi mudiri Xayrulla Hamidovning “Чингиз Айтматов – классик современности” nomli risolasi hamda Tarjimashunoslik kafedrasi professori Adhambek Alimbekovning “Chingiz Aytmatov – bovurimiz” nomli risolasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng konferensiya o‘z ishini sho‘balarda davom ettirdi va konferensiya yakuniga ko‘ra ilmiy-amaliy takliflar, xulosalar ishlab chiqildi.

IMG_20181124_231752_340IMG_20181124_231754_962IMG_20181124_231758_844IMG_20181124_231746_672