O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo’lib o’tgan ilmiy-nazariy konferensiya
18-oktabr kuni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida «O’zbek tilshunosligining dolzarb masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Ushbu konferensiyaning yalpi majlisi va sho’balar yig’ilishlarida ToshDSHI Sharq filologiyasi fakulteti «Tarjimashunoslik» kafedrasi mudiri H.Hamidov boshchiligidagi bir guruh o’qituvchilar va yosh mutaxassislar, magistrantlar ishtirok etdilar.
