RASMIY MUNOSABAT
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talabalarning amaliyoti bakalavriat ta’lim dasturining majburiy qismi sifatida har yili universitetning tegishli o’quv jarayoni grafigiga muvofiq o’tkaziladi.
Universitet Ilmiy Kengashi qaroriga asosan 2024/2025-o’quv yilida 4-bosqich kunduzgi ta’lim shakli talabalarining pedagogik amaliyotlari 5 hafta mobaynida 2025-yilning 13-yanvaridan 15-fevraliga qadar tashkil etiladi.
Amaliyot davrlari kadrlar iste’molchilari bo’lgan hamkor tashkilot va muassasalar talabidan, shuningdek, tegishli o’quv yili yuklamasidan kelib chiqib har yili qayta ko’rib chiqiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda amaliyot muddatining o’zgartirilganligi va talabaning bundan kech xabar topganligi yuzasidan qilingan murojaat yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rildi. Murojaatchi bilan suhbat o’tkazilib, universitet ta’lim jarayoni bo’yicha huquqiy va me’yoriy izohlar berildi.
Tegishli mas’ul xodimlarga joriy o’quv yilidan boshlab talabalarni keyingi o’quv yili o’quv jarayoni grafigi bilan har o’quv yili oxirida xabardor qilish bo’yicha ko’rsatma berildi.