Rishton tumanida mehmonxona sohasi va xizmat ko‘rsatish mutaxasislari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari yakunlandi
Rishton tumanidagi mehmonxona sohasi va xizmat ko‘rsatish mutaxassislari uchun “Xizmat ko‘rsatish sohasida xodimlarning professional imijini shakllantirish omillari va mexanizmlari” nomli qisqa muddatli o‘quv kurslari o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur o‘quv kurslari doirasida tumandagi mehmonxona va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan 400 nafar mutaxassis qisqa muddatli kurs dasturi asosida bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Mashg‘ulotlar davomida xodimlarning professional imiji, xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda mijozlar bilan samarali muloqot masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv kursining so‘ngida barcha tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikatlar topshirildi. Ushbu kurslar hududda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash va turizm sohasining rivojiga xizmat qiladi.




