Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi delegatsiya Podshoh Saud universiteti rektori, doktor Badron al-Umar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Professor Badron al-Umar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar jadal tus olganini yuqori baholadi. Saudiya vakili, shuningdek, O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlikka qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini belgilab olish maqsadida ikki universitet o‘rtasida tuziladigan Anglashuv memorandumi matnini qayta ko‘rib chiqish, unga yangi takliflar kiritish va imzolash yuzasidan kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoning ar-Riyod shahrida joylashgan Podshoh Saud universitetiga 1957- yilda Saud ibn Abdulaziz tomonidan asos solingan bo’lib, mazkur dargohda deyarli barcha valiahd shahzodalar, podshoh hamda vazir oilasi a’zolari tahsil olgan.
Podshoh Saud universiteti yuqori Xalqaro nufuzga ega bo’lib, dunyo reytingida 121-o’rinni egallaydi.