Turizm bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiya
2023-yil 20-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Raqamlashtirish sharoitida xorij mamlakatlarida turizmning rivojlanish muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari X. Axmedov, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi M. Abduraxmonov, O‘zbekistonning XXRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi F. Arziyev, O‘zbekiston Respublikasining Bongkok shahridagi Bosh konsulxonasining Bosh konsuli F. Sultonov va TourismLab rahbari T. Mirzayev hamda universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.
Mazkur konferensiya haqida Pokistonning Bahavalpur Islomiya universitetining rasmiy Facebook sahifasida ham e’lon qilindi.
https://www.facebook.com/share/p/FgxpfE1RGjHwVNoL/?mibextid=vo1riV