Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

«Sharq yulduzi» teatr jamoasi tomonidan mashhur adib Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” spektakli namoyishi boʻlib oʻtdi

12.12.2025, 16:27 Yangiliklar 527

2025-yil 12-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Sharq yulduzi” teatr jamoasi tomonidan mashhur adib Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

Ushbu spektaklda urush yillarida inson taqdirida kechgan fojea, umid, ruhiy kechinmalar hamda irodaviy sinovlar chuqur ifodalangan. Kuchli aktyorlik mahorati, ta’sirchan rejissura va mazmunan boy sahna yechimlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Spektakl universitet jamoasi va talabalar uchun ma’naviy ozuqa bo‘lib, badiiy tafakkurni boyitishga xizmat qildi.