Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Siyosatdon” intellektual o‘yini☝️

28.06.2020, 16:27 Yangiliklar 3540

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularni mantiqiy fikrlashi va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, siyosiy axborotlarni tahlil qilish, siyosiy faoliyatga oid kitoblarni keng targ‘ib qilish va talabalar o‘rtasida jamoaviylikni rag‘batlantirishga qaratilgan “Siyosatdon” intellektual o‘yini tashkil etildi.

✅Ushbu intellektual o‘yin o‘z faoliyatini 2020-yilning sentabr oyidan boshlashi kutilmoqda.

✅Intellektual o‘yin ishtirokchilari jamoa tarzida o‘z faoliyatlarini olib borishlari zarur bo‘ladi, jamoa a’zolari ixtiyoriy ravishda tanlanadi va jamoalar yozgi ta’til davomida shakllantiriladi.

✅Intellektual o‘yin asosida intellektual klub ham tashkil etilgan bo‘lib, ushbu klub a’zolari bir vaqtning o‘zida o‘yin ishtirokchilari ham sanaladi.

✅Yozgi ta’til davomida intellektual o‘yinni ikkinchi raundda ko‘zda tutilgan “bestseller” asarlarni o‘qish tavsiya etiladi va ushbu taqdim etilgan asarlar asosida ikkinchi raund savollari tayyorlanadi.

✅O‘yin 5 raunddan iborat bo‘lib, har o‘yinda 2 ta jamoa bellashadi.

✅O‘yin qatnashchilari hamda g‘olib hamda sovrindor jamoalarning a’zolari universitetning esdalik va qimmatbaho sovg‘alari, pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Mazkur intellektual o‘yinda ishtirok etish qatnashchilarga nafaqat jamoa bo‘lib ishlash, balki rahbarlik, boshqaruvga oid zarur bilimlarni o‘zlashtirish, shu bilan bir qatorda, tashqi siyosat va xalqaro maydondagi siyosiy jarayonlarni chuqur o‘rganish imkonini beradi.

➡️ Sizni qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan “Siyosatdon” intellektual loyihasi rahbari Bo‘ronov Suhrobning +998914652273 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin‼️

photo_2020-06-21_06-38-55