Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik profilaktikasi ishlari samaradorligini oshirish, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish”

19.11.2017, 22:24 Yangiliklar 4340

Bugun 2017-yil 18-noyabr kuni TDSHI rahbariyatining talaba-yoshlar bilan bevosita “Talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik profilaktikasi ishlari samaradorligini oshirish, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish” mavzusida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Institut rektori A.Mannonov yig‘ilishni ochar ekan, barchani O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kun bilan muborakbod etdi. So‘ng talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jinoyat jazosiz qolmasligi haqida gapirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Tartib intizom va mas’uliayni kuchaytirish, jinoyatchilikni oldini olish muhitini mustahkamlash-huquqbuzrlik profilaktikasi samaradorligining asosiy omilidir” mavzusiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari bo‘yicha fikr yuritdi. Shuningdek, institutda qabul qilingan “Odob-ahloq qoidalari” ga talaba-yoshlarning jiddiy e’tibor berishlari, kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlari bo‘yicha batafsil tahliliy misollar bilan tushuntirish berdi. So‘zga chiqqan “Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti” ning talabasi Hudoyqulov A’zam tinchlik va osoyishtalik naqadar totli ekanligi, uni saqlash barchamiz uchun mas’uliyatli vazifa ekanligi haqida to‘lqinlanib gapirdi. Shuningdek u Prezidentimizning jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kuyunib gapirgan fikrlari o‘zida katta ta’surot qoldirganligi, barcha talabalar doimo hushyor bo‘lishlari, jinoyatchilik huquqbuzarlik kabi illatlarni oldini olishga bel bog’lashimiz kerakligi, shu yil Nyu-Yorkda sodir etilgan qotillikni va uni sodir etgan shaxsni qat’iy qoralashini aytib o‘tdi.
So‘ngra so‘zga prorektor Sh.Aripov va bo‘lim boshlig‘i J.Shabanov so‘zga chiqib, talabalarning kiyinish madaniyatiga, odob-ahloq qoidalariga doimiy rioya qilishlarini ta’kidlab o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida talabalarning qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.

    WordPress Lab Craftis – Handmade, Handcraft & Artisan WordPress Theme + WCFM CraftMaya – IT Solutions & Services Company Elementor Template Kit Crafto – AI-Powered Multipurpose WordPress Theme Crafto – The Multipurpose HTML5 Template Craftso – Crafting Elementor Template Kit Crafty Hands – Arts & Workshop WordPress Theme Craggy – Food Delivery, Services & Bitcoin Crypto Currency Multi-purpose WordPress Theme Craigomatic – Craigslist Automatic Post Generator Plugin for WordPress Crawler – Ticker Plugin for Elementor Creastic - Creative Digital Agency Elementor Template Kit