Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Taraqqiyot strategiya markazi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi

20.01.2023, 09:09 E'lonlar 1331

“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI VAKANT LAVOZIMLARGA TANLOV E`LON QILADI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tajribali siyosatshunos, sotsiolog, huquqshunos, iqtisodchi, tarjimon va jurnalistlarni bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov asosida ishga taklif etadi.

✅Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
oliy maʼlumotga ega bo‘lish (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganlar qo‘llab-quvvatlanadi);
ilmiy-uslubiy, tahliliy materiallar tayyorlash qobiliyati; o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish, har ikki tilda erkin maʼruzalar qilish va yozish (ingliz va boshqa xorijiy tillarni mukammal bilish qo‘llab-quvvatlanadi); tashkilotchilik qobiliyati, tashabbuskorlik, erkin ijodiy fikrlash va kreativ yondashuv; xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik olib borish va loyihani boshqarish ko‘nikmalari.

Nomzodlar o‘zlari haqidagi maʼlumotlarni kadr@strategy.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin.

⏳Eslatma: Saralab olingan nomzodlargina suhbatga taklif etiladi.