TDSHU delegatsiyasining Turkiy davlatlar tashkiloti vakillari bilan uchrashuvi
TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva boshchiligida universitet vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyatining bosh kotib oʻrinbosari Mirvohid Azimov bilan uchrashuv oʻtkazdilar
Tashrif davomida Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida Turkiy davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish borasidagi ishlar salmogʻini oshirish, xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida yaratilgan kitoblarni nashr qilish, Turkiy davlatlar oʻrtasidagi talabalar almashinuvini keng yoʻlga qoʻyish borasidagi masalalar muhokama qilindi.





