Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU HAMDA YAPONIYANING TSUKUBA UNIVERSITETI MARKAZIY OSIYO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI

3 Markaz direktori ZIYAMOVA ZUXRA OMANOVNA
Qabul vaqti: Haftaning seshanba, payshanba kunlari soat 15:00 dan 16:00 gacha
Tel: +99893555-05-33
e-mail: zukhraziyamova@gmail.com

 

Markazning vazifalari

 Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Yaponiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va yapon tilini har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiyaning oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish;

Yapon tilini darajalari(boshlang‘ich, o‘rta davom ettiruvchi, o‘rta-yuqori, yuqori darajalar) bo‘yicha o‘rgatishga mo‘ljallangan intensiv ma’ruzalar tashkil qilish. U universitet talabalari uchun eshitish, gapirish amaliyoti va o‘qish strategiyasini o‘z ichiga qamrab oladi;

Yapon tilini o‘qitish metodikasi hamda ilmiy tadqiqot ishlari yozish bo‘yicha intensiv kurslar tashkil qilish. Universitetning yapon tili o‘qituvchilari malakasini oshirish maqsadida intensiv kurslar o‘tkaziladi. Kurslar onlayn yoki offlayn tarzda tashkil qilinishi mumkin. Malaka oshirish kurslarini o‘qitishga jalb qilingan mutaxassislarning yashash va yo‘l xarajatlari Tsukuba universiteti, TDSHU va boshqa grantlar hisobidan amalga oshiriladi;

Tsukuba Universiteti professorlari tomonidan talabalar, magistrlari, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar uchun Yapon tili tadqiqotlari, tilshunoslikning dolzarb masalalari, yaponshunoslikni rivojlantirish istiqbollari borasidagi, shuningdek, yapon adabiyoti, tarjima va iqtisodga oid kurs ma’ruzalari tashkil qilish. Markazga taklif qilingan professorlarning yashash va yo‘l xarajatlari Tsukuba universiteti, TDSHU, Yapon fondi va boshqa grantlar hisobidan amalga oshiriladi;

Qisqa muddatli talabalar almashinuvi dasturini qo‘llab-quvvatlash. Bunda TDSHU va Tsukuba Universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bitimi asosida yiliga ikkala tomondan 5 tagacha talaba almashinuvi ko‘zda tutilgan. Bitimga ko‘ra ushbu talabalar o‘qish uchun to‘lovlardan ozod etilmaydi. Shuning uchun ularga stipendiya ajratish choralari ko‘riladi. Shu nuqtayi nazardan markaz Yaponiya va O‘zbekistonning turli grantlari hisobidan stipendiya olish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Markaz qisqa muddatli stajirovkaga nomzodlarni saralab olish, muvofiq tashkilotlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, talabalarni keyingi bosqichlarga tayyorlash, ilmiy tadqiqot rejasini shakllantirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. Ko‘p sonli xohlovchilarni jalb qilish maqsadida xuddi shu xizmatlarni Tsukuba Universitetidan tashrif buyuruvchi stajyorlarga ham ko‘rsatadi;

TDSHU bitiruvchilari hamda o‘qituvchilarini Tsukuba Universitetiga uzoq muddatli stajirovkalarga qabul qilish davlat grantlari hisobidan amalga oshiriladi. Mahalliy o‘qituvchilarning ilmiy darajasini oshirish markazning asosiy vazifalaridan sanaladi;

– Yaponshunoslik yoʻnalishida ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;

– Yaponiya va O‘zbekistondagi til vaziyati, yapon va o‘zbek tillarini, yapon va o‘zbek madaniyatini qiyosiy oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini taʼlim jarayoniga bevosita qoʻllash orqali yapon va o‘zbek tillari va madaniyatini Markaziy Osiyo mintaqasida targʻib etish;

– Yaponshunoslik tadqiqi hamda Yaponiyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix, iqtisodiyot va siyosatshunoslik bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyatiga  zamonaviy tavsiyalar ishlab chiqish;

– Yaponiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va yapon tiliga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, O‘zbekiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va o‘zbek tiliga oid asarlarni tarjima qilish va ularni nashr qilish orqali har ikki mamlakat  qadriyatlari va milliy madaniy merosini dunyoga tanitish;

– Yaponshunoslikning rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha Yaponiyaning hamkor OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, simpozium, forum, ilmiy haftalik, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;

– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish uchun Tsukuba Universiteti ko‘magida konferensiya materiallari to‘plamlarini nashr qilish, markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;

– Yaponiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va yapon tilini tadqiq va tahlil eta oladigan yaponshunos mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish;

– Universitetda Yaponiyashunoslik yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.

  1. Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini Yaponiyada faoliyat olib borayotgan yetakchi Yaponshunos olimlarni jalb qilishi mumkin;

– Yaponiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va yapon tili boʻyicha amalga  oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;

– Yaponiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va yapon tili  boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

– Yaponiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va yapon tilini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali Oʻzbekiston va Yaponiya davlatlarining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;

– Yaponiyashunoslikning turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.

06.11.2024, 15:28 123