TDSHU o‘qituvchilari Sh.Yovkochev, Sh.Ermamatov va N.Saydaliyeva Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg Milliy tadqiqot universiteti Oliy Iqtisodiyot maktabida malaka oshirmoqda.
Safari doirasida, shuningdek, Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabi ilmiy xodimlari, Ermitaj rahbariyati, Sharq qo‘lyozmalari instituti olimlari bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi.
Shu bilan birga, universitetning “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 5 nafar talabalari Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabi “Xalqaro yozgi maktab”ida tahsil olmoqda. Mazkur dastur doirasida olib borilayotgan o‘quv mashg’ulotlari talabalarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.