TDSHU vakillari Navoiy shahrida oʻtkazilayotgan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi“ IV xalqaro simpoziumida ishtirok etdilar

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi universiteti vakillari Navoiy shahrida oʻtkazilayotgan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi“ IV xalqaro simpoziumining ochilish marosimida ishtirok etdilar.
“Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” xalqaro ilmiy-nazariy simpoziumi, kunning ikkinchi qismida sho’balarda davom etdi.
Universitetimiz professor-oʻqituvchilari oʻzlarining Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan bogʻliq ilmiy izlanishlari asosida ma’ruza qildilar.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti proffessor-oʻqituvchilari Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy shahrida oʻrnatilgan alloma haykali poyiga gul qoʻyish marosimida ishtirok etdi.