Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 90 807 02 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Аdabiy gurunglar” doirasidagi navbatdagi uchrashuv

24.11.2021, 02:17 Yangiliklar 80

TDSHU Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan 2021-yil 23-noyabrda “Аdabiy gurunglar” doirasidagi turkum suhbatlarning mehmoni taniqli o‘zbek adibi, adabiyotshunos olim Ulug‘bek Hamdam bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

1

Mazkur uchrashuvda universitetning adabiyotshunos professor-oʼqituvchilari, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar ishtirok etdilar. Uchrashuv jarayoni Ulug‘bek Hamdam bilan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida savol-javoblar, fikr-mulohazalar tarzida qiziqarli maroqli davom etdi.

Shuningdek, adibning ijodiy faoliyati haqida kafedra tomonidan tayyorlangan videolavha namoyish qilindi. Universitet o‘qituvchilari va talabalari tomonidan Ulug‘bek Hamdamning arab, fors, hind, yapon, afg‘on (dariy), koreys, ingliz tillariga tarjima qilingan she‘rlari o‘qib berildi.

Uchrashuv so‘ngida yozuvchi Ulug‘bek Hamdamga kafedra tomonidan adibning sharq tillariga tarjima qilingan she‘rlar kitobchasi va universitet olimlarining kitoblari sovg‘a qilindi.

TDSHU Matbuot xizmati

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: