Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda 16-xalqaro ilmiy anjuman o’tkazildi

17.03.2025, 13:11 Yangiliklar 148

#SDG4 #SDG17
#xalqaro_hamkorlik

2025-yil  17-mart kuni TDSHUda «Kunchiqar izlanishlari: o‘zgarishlar davri global muammolari yechimida yaponshunoslikdagi nazariy va amaliy yondashuvlar» mavzusida 16-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

241A3580

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Yaponiyaning Tsukuba universiteti tashabbusi bilan 16-marta o‘tkazilgan ushbu konferensiya ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning 20 yilligiga bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatlidir.

241A3656

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston, Yaponiya va boshqa davlatlarning 10 ta oliy ta’lim muassasalaridan 25 nafar yetakchi olimlar va ilmiy tadqiqotchilar ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida O‘zbekiston va Yaponiyaning tilshunoslik, madaniyat, tarix, siyosat, tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik sohalari, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishdagi innovatsion usullar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

241A3652

Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yaponshunoslik sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, innovatsiyalar va ta’lim sohasida tajriba almashish, shuningdek, fanlararo tadqiqotlarda yangi ilmiy yondashuvlarni taklif qilish hamda xalqaro miqyosda yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha amaliy takliflar kiritishdan iborat bo‘ldi.

241A3601

Tadbir yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar

241A3673

241A3697

241A3569

2Y4A37761

2Y4A37763

2Y4A37765

2Y4A37764

2Y4A37766

2Y4A3767

2Y4A3768