TDSHUda chet elda tahsil olish va Malayziya ta’lim tajribasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
2025-yil 10-dekabr kuni TDSHU huzuridagi “Xalqaro Grantlar va Karyera Rivoji” Akademiyasi tomonidan “Chet elda tahsil olish, doktorlik darajasi va Malayziyadagi ta’limning afzalliklari hamda kamchiliklari” mavzusida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ma’ruzachi sifatida Toshkent shahridagi Inha universiteti Ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo‘limi boshlig‘i, Universiti Sains Malaysia universitetida oliy ta’lim xalqarolashuvi bo‘yicha PhD bitiruvchisi hamda TDSHUning 2006–2010-yillar bitiruvchisi Bobir Muratov ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Malayziyada ta’lim olishning amaliy afzalliklari va qiyinchiliklari, PhD va magistratura grantlariga tayyorgarlik bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, chet elda o‘qish jarayonining asosiy bosqichlari haqida muhim ma’lumotlar berildi.

