TDSHUda FVV Mirobod tumani bo’limi xodimlari va talabalar ishtirokida uchrashuv o’tkazildi
Bugun TDSHUda O’zb.R. VMning 29.04.2021 yildagi №207F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va yong’in havfsizligi oyligida faol ishtirok etish uchun “Yong’insiz hayot” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda Mirobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi profilaktika inspektorlari mayor M.Bo’rixonov va katta leytenant N.Nurmanov, Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekan muovini G.Arifjonov, Manbashunoslik va tasavvuf germenetikasi kafedrasi o’qituvchisi O.Xomutaliyev hamda Sharq svilizatsiyasi va tarixi fakulteti 1-kurs talabalari ishtrok etishdi.
Uchrashuvda FVB xodimlari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilayotganligi, fuqarolarni beparvoligi, mas’uliyatsizligi, yong’in qoidalariga rioya etilmayotganligi oqibatida yong’inlar kelib chiqib insonlar hayotiga zomin bo’layotganligi va mol-mulkidan ajralib boshpanasiz qolishlariga olib kelayotganligini takidlab, doimo hushyor bo’lishlikka chaqirib, shunday holat yuz bersa yoki ko’rib qolishsa albatta 101 qisqa raqamiga qo’ng’roq qilishlari haqida ogohlantirildilar.