TDSHUda huquqbuzarlik profilaktikasiga oid tadbir bo‘lib o‘tdi

2025-yil 4-aprel kuni TDSHUda “Bezorilik hamda hayot va sog‘liqqa qarshi jinoyatlarning oldini olish” mavzusida huquqbuzarlik profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda rektor Gulchehra Rixsiyeva, podpolkovnik Olimxon Ergashev hamda Toshkent shahar IIBB Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Zafarjon Qodirov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olishga doir muhim ma’lumotlar berilib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Tadbir huquqbuzarliklarning oldini olish borasida xabardorlikni oshirishga va jamiyatda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.