Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Lanzhou universiteti huzuridagi Dunxuanshunoslik instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12.12.2025, 13:47 Yangiliklar 22

2025-yil 12-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning Lanzhou universiteti huzuridagi Dunxuanshunoslik instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dunxuanshunoslik instituti direktori professor Zheng Binlin institut faoliyati, uning Xitoy Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ilmiy markaz ekani va 500 dan ortiq monografiyalar chop etilgani haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik almashinuv va ilmiy nashrlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.