Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Markaziy Osiyoda leksikologiya va leksikografiya : anʼanalar va hozirgi zamon ilmiy maktablari” xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi

07.05.2024, 12:04 Yangiliklar 653

2024-yilning 7-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Markaziy Osiyoda leksikologiya va leksikografiya: anʼanalar va hozirgi zamon ilmiy maktablari” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

_MG_32711

Anjumanda Eron Islom Respublikasiningning Aloma Tabotaboiy, Tehron, Kavsar, Tarbiyat-e Modarres  universitetlaridan, Al-Farobiy nomidagi qozoq milliy universitetidan, Hindistonning Javohirlaʼl Neru universitetidan, Pokistonning Balujiston universitetidan, Indoneziya Milliy universitetidan,  Shimoliy Osetiya gumanitar va ijtimoiy tadqiqotlar institutidan, Farg‘ona davlat universitetidan tilshunos olimlar jamlanib, o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

_MG_32767

Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor-Gulchehra Rixsiyeva, Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor  elchisi Muhammad Ali Iskandariy, Tehron universiteti Xalqaro aloqalar boshqarmasi bosh direktori Abdulmajid Iskandariy, Balujiston universiteti Pashtu bo‘limi mudiri Nasibulla Siymab va  Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti dotsenti, PhD Batirxan Bo‘latbek tabrik so‘zlari bilan qatnashdilar.

_MG_32762

Xalqaro anjumanga 20 ga yaqin xorijiy, 80 ta respublika miqyosida maqolalar kelib tushdi. Ular ichidan 75 ta maqola komissiya tomonidan saralanib, to‘plam holida chop etildi. Xalqaro anjuman “Zamonaviy leksikologik tadqiqotlar: dolzarb masalalari va istiqbollari”, “Mumtoz asarlarga oid  leksikologik tadqiqotlar”, “Sharq mamlakatlarida til siyosati va terminologiya masalalari”, “O‘rta asrlar sharq lug‘atchiligi”, “Hozirgi zamon lug‘atchiligi: yutuqlar va muammolar” deb nomlangan besh sho‘baga bo‘lingan holda, o‘z ishini davom ettirdi.

_MG_32765

Anjumandan ko‘zlangan maqsad shu ediki, tilshunoslik sohasidagi o‘rta asrlar sharq lug‘atchiligi, hozirgi zamon lug‘atchiligining yutuqlari va muammolari ularning yechimlari, olib borilayotgan izlanishlar bo‘yicha qator masalalar haqida bahs yuritildi. Anjuman yangi nazariy qarashlar bilan to‘yingan ilmiy ma’ruzalar va qizg‘in bahs-munozalarga boy bo‘ldi.

_MG_32764

_MG_32763

_MG_32766

_MG_32714

_MG_32712

_MG_32713