TDSHUda Maxmudxo‘ja Behbudiyning “PADARKUSH (yoxud o’qimagan bolaning holi)” spektakli
Jadid adabiyotining asoschilaridan bo‘lgan Maxmudxo‘ja Behbudiy Markaziy Osiyo ijodkorlari orasida birinchi milliy dramatik asar yaratdi. Ungacha mazkur xududda na turkiy, na forsiy tilda drama janrida asar yaratilmagan bo‘lib, bu Behbudiyning adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi bo‘ldi.
Bundan tashqari, Behbudiy o‘z vatandoshlariga til jihatidan ham, shakl jihatidan ham uncha murakkab bo‘lmagan, yangi sharoit va muhitga mos keladigan nasr namunalarini yaratdi. Behbudiy davri uchun bu katta hodisa edi.
Bugun, 21-yanvar kuni TDSHUda aynan mana shu asar asosida sahnalashtirilgan “Padarkush” spektakli namoyishi va O‘zbekiston Davlat satira teatri ijodkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TDSHU Matbuot xizmati