TDSHUda Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
2025-yil 26-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi tashabbusi bilan «Sharq allomalari yozma merosining ilmiy, falsafiy, ma’naviy tafakkurdagi o’rni» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Konferensiyada Sharq allomalari yozma merosining ilmiy, falsafiy va ma’naviy tafakkurdagi o’rni masalasi falsafaning tarmoqlari rakursida tahlil qilindi.
Konferensiya yalpi majlisidan so’ng sho’balarda Respublikaning yetakchi faylasuf olimlari, professorlari va tadqiqotchilari o’zlarining ilmiy izlanishlari asosida o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.











