Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda rus, arab va yapon tillarida tayyorlangan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

30.11.2021, 19:06 Yangiliklar 2283

2021-yil 30-noyabr kuni TDSHUda rus, arab va yapon tillarida “O‘zbekiston strategik yuksalish bo‘sag‘asida” deb nomlangan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitoblar TDSHU va Misrning “Al-Xivar” siyosiy va media tadqiqotlar markazi tomonidan va Yaponiyaning Sukuba universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda tayyorlangan.

1

Kitob taqdimotida yetakchi sharqshunos olimlar, siyosatshunoslar, Misr, Isroil, Rossiya Federatsiyasi, AQSh va Fransiyaning xorijiy ekspertlari ishtirok etdilar. Konferensiya gibrid rejimda, onlayn ZOOM platformasi va oflayn rejimda tashkil etildi.

2

Rus, arab va yapon tilida chop etilgan kitoblarda so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyalari tahlil qilindi. Shuningdek, yangi O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatidagi o‘zgarishlar, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlaridagi yangi tendensiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi strategik hamkorligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatlari ochib berilgan.

3

Xususan, kitobda so‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyalari tahlilini ko‘rish mumkin. Yangi O‘zbekiston tarixiga kirgan O‘zbekistonda amalga oshirilgan ulkan o’zgarishlar haqida kitobxonlar uchun ma’lumot berilgan.

Mualliflar yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining xalqaro transformatsiyasini tahlil qilib, respublikamizning xalqaro nufuzini oshirish omillarini qayd etganlar. Shu bilan birga, kitobda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlaridagi yangi tendensiyalar haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatlar bilan strategik hamkorligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatlari ochib berilgan.

4

Kitob taqdimotida o‘zbek sharqshunos va siyosatshunos professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari, shuningdek, Misr, Rossiya, AQSh, Isroil, Vengriya va Fransiya oliy o‘quv yurtlari va tadqiqot institutlaridan olimlar va ekspertlar ishtirok etdilar. Jumladan, “Al-Xivar” siyosiy va media tadqiqotlar markazi direktori Ahmad Tohir, O‘zbekistondagi “Mintaqaviy muloqot” vakolatxonasi direktori Myusha Sever, AQSh strategik tadqiqotlar markazi loyiha rahbari Tom Sanderson. Shuningdek, Marshal Gregori Glison nomidagi Yevropa xavfsizlik tadqiqotlari markazi professori, sharqshunoslik instituti rahbari Aleksandr Vorobyov, Gavr universiteti professori Pyer Shabal, shuningdek, Yahudiy universiteti professori va yaqin sharq va Isroilni o‘rganish instituti eksperti Vladimir Mesamedlar ham ishtirok etdilar.

6

Ushbu taqdimotning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va gumanitar munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari haqida gapirib, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari orqali o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

7

Kitobda O‘zbekiston davlati va xalqining buyuk strategik taraqqiyoti, davlat va xalq birligi, mustaqil O‘zbekiston tarixiga kiruvchi o‘zgarishlar, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish omillari, yangi O‘zbekistonning mintaqaviy diplomatiyasi kabi muhim va qiziqarli masalalar ko‘tarilgan.

8

9

10

11

12

13

14

15

16

TDSHU Matbuot xizmati