TDSHUda “Salomni unutish – o‘zlikni unutish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Bugun 10-noyabr kuni respublikamizda “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” g‘oyasi asosida “Ma’navaiyat marafoni” loyihasi doirasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan mazkur loyiha asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakultetida ham “Salomni unutish – o‘zlikni unutish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Taniqli tarjimashunos olim, shoir, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ergash Ochilov, Koreyashunoslik fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Shoira Usmonova, Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi mudiri PhD., dotsent Nilufar Xodjayeva, koreyashunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etgan tadbirda yoshlarning salom berish odobi va salomning milliy madaniyatimizda tutgan o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.