TDSHUda “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi

2025-yil 5-aprel kuni TDSHUda “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Toshkent shahrida joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport orqali ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G. Rixsiyeva hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi Sh. Anvarov ishtirok etib, sportning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Musobaqalarda mini futbol, stol tennisi va shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Musobaqa natijasiga ko’ra, shaxmat bo’yicha:
1-oʻrin Toshkent kimyo texnologiyalari instituti yoshlar yetakchisi
Bashritdinova Ruhshona
2-o’rin Geologiya fanlar universiteti yoshlar yetakchisi
Tleubayev Islom
3-o’rin JIDU yoshlar yetakchisi
Mamadaminova Sofiya
Tennis bo’yicha:
1-oʻrin Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Fayzullayev Nuriddin
2-oʻrin Oriental universiteti
Norboyeva Afroʻza
3-oʻrin Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Mirzaxmedov Shohruh
Mini futbol bo’yicha:
1-o’rin Muhandislar jamoasi!
2-o’rin Hala Madrid jamoasi!
3-o’rin Yangi O’zbekiston jamoasi
Barcha ishtirokchilarni va g’oliblarni tabriklaymiz