TDSHUda “Xotin-qizlar – e’tibor va ehtiromga loyiq!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi
#SDG5
2024-yil 2-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Xotin-qizlar – e’tibor va ehtiromga loyiq!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Umida Abdullayeva, O‘zbekistonda fintek sohasida yetakchi IT mutaxassisi va innovator Umida Ziyamova, GIZ tashkilotidan vakillar, Mirobod tuman kengashi deputatlari Avaz Karimov, Gulbahor Kulmatova tashrif buyurdilar.
Tadbir davomida “Sharqshunos lider qizlar klubi” taqdimoti o’tkazildi hamda “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan 3 ta tanlovning g‘oliblari tadbir hamkorlari IIV va GIZ tashkiloti tomonidan esdalik sovg’alari (smart soatlar) bilan taqdirlandilar.