TDSHUga Islom hamkorlik tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi
TDSHUga Islom hamkorlik tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi
2023-yil 24-noyabr kuni TDSHUda Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining gumanitar, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tarik Ali Bakhiit, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh departamenti direktori Amina Al-Hajri va Islom hamkorlik tashkiloti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Suzan Mouhamed bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida TDSHU hamda Islom hamkorlik tashkiloti hamkorligida istiqboldagi rejalar hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tashrif chog’ida universitetning “Yosh sharqshunos diplomatlar klubi” faoliyati bilan yaqindan tanishib talabalar bilan uchrashdi.