Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Keimyung universitetining SMART xonasi ochildi

03.10.2024, 14:51 Yangiliklar 142

2024-yil 3-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunsolik universitetiga Koreyaning Keimyung Universiteti  Xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti Seon Jung Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

L79A98431

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik, xususan talabalar va professor-o`qituvchilar almashinuvi, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

L79A98433

Toshkent davlat sharqshunoslik universitet hamda Keimyung universiteti bilan hamkorlikda “Keimyung universiteti Smart xona”sining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimidan so’ng professor Seon Jung Kim, universitet talabalariga koreys tilidan mahorat darsi ham o’tib berdi.

L79A98432

Universitetda tashkil etilgan smart xona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Ushbu smart xonaning afzalligi shundaki, talaba va o‘qituvchilar video darslar yozishlari, onlayn test yechishlari shuningdek, so‘rovnomalar o‘tkazishlari mumkin.

L79A98691

L79A98695

L79A98694

L79A9864

L79A98692