TDSHUning Marmara universiteti bilan hamkorligi kengaymoqda
TDSHUning Marmara universiteti bilan hamkorligi kengaymoqda2022-yil 27-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiyaning Marmara universiteti prorektorlari Hasan Korkut va Mustafa Chelen, universitet Bosh kotibi Murat Arisal hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi Bosh direktori Nuri Tinazlar a’zoligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida TDSHU va Marmara universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, universitetlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilarning o‘zaro bir-birlari bilan yaqindan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, unda birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish takliflari bildirildi.
Jumladan, Yevropa Ittifoqining Xalqaro kredit mobillgi doirasida Erasmus+ loyihasida ishtirok etish orqali o‘qituvchi va talabalarning almashinuv dasturlarini tashkil qilish, Yevropa Ittifoqining Gorizont va Turkiyaning TUBITAK loyihalari doirasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar ustida ish olib borish kabi masalalar qamrab olindi.
Mehmonlar tomonidan universitetda turkshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berilib, yaqin kelajakda kutilayotgan natijalarga erishilishiga ishonch bildirildi.