Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHI talabalarining rektor bilan navbatdagi ochiq muloqoti

13.12.2019, 16:21 Yangiliklar 1570

13-dekabr kuni ToshDSHIda institut rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna institut talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Davra suhbatida talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Savol-javoblarga o’tishdan avval shu kunlarda turli tanlov va musobaqalarda institutimiz sharafini himoya qilib yuqori o’rin olgan talabalar taqdirlandilar. Jumladan, Koreys tili bo’yicha Rossiyada o’tkazilgan olimpiyadada 1-o’rinni olgan Koreyashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi Babajanova Barno, «Квиз, Плиз» intellektual o’yinida ishtirok etib 2-o’rinni egallagan «Востоковеды» jamoasi a’zolari, “Eng yaxshi maqola” Respublika ko’rik tanlovida faol ishtiroki uchun Kenjayeva Munira (“Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon” shiori ostida), Murodillayev Nodir (“O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi” shiori ostida), Ahmedova Ozoda (“Korrupsiyasiz soha” shiori ostida), Sultonova Sevinch (“Davlat bayrog’i — mening bayrog’im” shiori ostida) institut rektori tomonidan Tashakkurnomalarga ega bo’ldilar. Gulchehra Shavkatovna, bu taqdirlash oz muddatni olsa-da, lekin bu darajaga kelish uchun ancha mehnat qilinganini e’tirof qilib, barchalariga iliq so’zlar bilan kelajakda ulkan zafarlar tiladilar. Shu bilan birga, qolgan talabalarni ham o’z ustilarida ishlab turli Respublika hamda xalqaro talabalar anjumanlarida, tanlovlarda qatnashishga da’vat qildilar. Albatta, talabalar uchun talabalik davrida qilingan barcha mehnatlar kelajakda katta yutuqlarga poydevor bo’lishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Shuningdek, instituimizga keladigan xorijiy grantlar haqida ma’lumot berib, grant yutishda talabalarning ilmiy faoliyati alohida baholanishini tushuntirib o’tdilar.

Shundan so’ng suhbat savol-javoblar ko’rinishida davom etdi. Tabalar asosan yangi fakultet, Yaponshunoslik fakultetining ochilishi, institutning o’z o’zini moliyalashtirishga o’tishi, kredit tizimi o’quv jarayoniga qanday ta’sir qilishi, xorijiy grantlarga doir savollar bilan murojaat qilib, to’liq javoblar olishdi.

Uzoq savol-javoblardan keyin Gulchehra Shavkatovna bu kabi uchrashuvlarni davomli tashkillashtirish kerakligini aytib barcha kelganlarga o’z tashakkurlarini aytdilar.

photo_2019-12-20_15-43-32 photo_2019-12-20_15-43-43 photo_2019-12-20_15-43-46 photo_2019-12-20_15-43-53 photo_2019-12-20_15-43-58 photo_2019-12-20_15-43-59 photo_2019-12-20_15-44-03