Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TOSHKENT DAVLAR SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI HUZURIDAGI YOSH DIPLOMATLAR KLUBI

11 Markaz direktori JO‘RABOYEV IBROXIMJON ILXOMJON O‘G‘LI
Qabul vaqti: Haftaning juma kuni

(10:00-16:00)

Tel: +99894 6789291
e-mail: ibrokhimjuraboev1998@gmail.com

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi (keyingi o‘rinlarda Klub) ijtimoiy guruh sifatida jamoatchilik asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z atrofiga iqtidorli, faol va bilimga chanqoq bo‘lgan talabalarni jamlagan.

Klub Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ma’muriyatiga bo‘ysungan holda hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi vazifalarni belgilash asosida faoliyat olib boradi.

A’zo bolish : Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining talabalari va yosh tadqiqotchilari klubga a’zo bo‘lishi mumkin. Klub a’zosining yoshi 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi zarur. Klubga a’zo bo‘lish istagini bildirgan talabalar, klub koordinatori nomiga ariza bilan murojaat qiladi, motivatsion esse yozadi va suhbatdan o‘tadi. Klub a’zosi o‘z faoliyati davomida faollik ko‘rsatmasa, azolar ro‘yxatidan chiqarib yuboriladi va keyingi o‘quv yiligacha azolikka qabul qilinmaydi.

Klubning maqsad va vazifalari

  1. Klubning asosiy maqsadlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

– Talabalarni diplomatiya, xalqaro munosabatlar va sharqshunoslikni chuqur o‘rganishlarini ta’minlash orqali ularning amaliy faoliyati va akademik muloqotini tashkil etish.

– Klub a’zolarida muzokaralar olib borish, xalqaro vaziyatni tahlil qilish va diplomatik protokol ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.

– O‘zbekiston va boshqa davlatlar yosh diplomatlari o‘rtasida professional va shaxsiy aloqalarni mustahkamlashga yordam berish, ularning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish.

  1. Ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun Klub quyidagi vazifalarni hal qiladi:

– Xalqaro munosabatlar, diplomatiya va sharqshunoslik bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida ilmiy tadbirlar: leksiyalar, seminarlar, vorkshoplar va treninglar tashkil etish.

– Diplomatik jarayonlarni amalda o‘zlashtirishga qaratilgan xalqaro tashkilotlar model-yig‘ilishlari (masalan, BMT modeli, ShHT modeli) va simulyatsion o‘yinlar o‘tkazish.

– Diplomatiya va sharqshunoslik bilan bog‘liq xalqaro va respublika forumlari, konferensiyalar va tanlovlarda qatnashish.

– Xalqaro munosabatlar va diplomatiya bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy va tahliliy materiallar, sharhlar va hisobotlarni tayyorlash va nashr etish.

– Sharq mamlakatlari madaniy merosi va an’analarini ommalashtirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

12.11.2024, 11:11 106