Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Tempus, Erasmus+ CBHE va CM dasturlarining O‘zbekistondagi koordinatorlari yig‘ilishi

17.02.2017, 15:59 Yangiliklar 4106

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Erasmus+ (NEO) Milliy ofisi, Oliy ta’lim sohasidagi ekspertlarning milliy jamoasi (HEREs) hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamkorligida Yevropa Ittifoqining Erasmus dasturining 30 yilligi munosabati bilan Tempus, Erasmus+ CBHE va CM dasturlarining O‘zbekistondagi koordinatorlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.  Tadbirda Tempus/Erasmus+ CBHE, oliy ta’lim muassalaridagi CMlarning koordinatorlari va loyiha guruhlari vakillari, UzByuroKES, sohaviy vazirliklar vakillari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xamda NEO xodimlari, shuningdek Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi boshlig‘i, elchi janoblari Eduard Stiprays ishtirok etdi. Ushbu yig‘ilishning asosiy maqsadi Tempus/Erasmus+ CBHE va CM doirasidagi loyiha koordinatorlari o‘rtasida ma’lumot almashinish uchun imkoniyat yaratish, mahalliy jamoalarning rolini oshirish maqsadida loyihalashtirish menedjmentining yanada samarali yondoshuvlarini, loyihalarni amalga oshirish borasidagi asosiy muammolarni muhokama qilish, Boloniya tizimi haqida ma’lumot berish hamda loyihalarni realizatsiya qilish jarayonida ushbu tizimdan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iboratdir.

IMG_0117

IMG_0132