Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Shanxay universiteti Ijodkorlik markazi
Markaz direktori: | RASULEVA NIGINA ALISHEROVNA | |
Qabul vaqti: | Dushanba, Chorshanba, Juma
11:00-16:00 |
|
Tel: | +99890 9661114 | |
e-mail: | nigina_rasuleva@tsuos.uz |
Markaz haqida qisqacha ma’lumot:
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Shanxay universiteti ijodkorlik markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-sonli “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda TDSHU Kengashining 2023-yil 30-avgustdagi 1-sonli majlisi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Markaz vazifalari
– Xitoy xalqining madaniyati, xitoy tilidagi adabiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni Xitoy Xalq Respublikasi miqyosida targʻib etish;
– Xitoy zamonaviy yangi davr adabiyoti asarlarini ilmiy jihatdan oʻrganish, xitoy yangi davr adabiyotidagi janrlarni tahlil qilish, mazkur yoʻnalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
– Xitoy zamonaviy yangi davr adabiyoti asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish, oʻzbek zamonaviy adabiyoti asarlarini xitoy tiliga tarjima qilish va xitoylik kitobxonlarga oʻzbek adabiyoti na’munalarini tanishtirish hamda targʻib qilish;
– Ijodiy yozuv (Creative writing) yoʻnalishini tadqiq qilish, bakalavriat, magistratura bosqichida mazkur yoʻnalishni fan sifatida oʻrganish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish;
–Xitoy zamonaviy yangi davr adabiyoti, adabiy janrlar, tarmoq adabiyoti hamda ijodiy yozuv (creative writing) boʻyicha turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;
– Ijodiy yozuv yoʻnalishini universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, va falsafa bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlariga yozma mazmun-mohiyatini singdirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
–Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va ijodiy yozuvga bagʻishlangan turli ilmiy va amaliy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;
– Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan va ularni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqot ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash;
– Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha boʻyicha erishilgan ilmiy natija hamda yutuqlarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;
– Markaz ishiga yurtimiz va chet ellarda faoliyat olib borayotgan xitoyshunoslik boʻyicha yetakchi sharqshunos olimlarni jalb qilish;
– Jurnalistik materiallarni tayyorlash, publitistik janrdagi maqolalar yozish va ularni tahrir qilish qoidalarini oʻrganish boʻyicha mutaxassislar uchun maxsus seminar treninglar tashkil qilish;
- Reklama matnlarini kreativ yondashuv asosida yozish boʻyicha amaliy treninglar tashkillashtirish;
- Badiiy va nasriy adabiyot boʻyicha ijod qiluvchi yosh kadrlarni dunyo tajribasi, xususan xitoy tajribasi bilan tanishtirish;
- Badiiy ilmiy manbaalarni tarjima qilish loyihalari hamda tarjima tanqidi ustida ish olib borish; (Tayanch doktorant va doktorantlarni jalb qilgan holda);
- Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda iqtidorli talabalar uchun insho va hikoyalar yozish boʻyicha yozgi lagerlar tashkil qilish;
- Filologiya, jurnalistika, turizm yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar uchun qisqa muddatli kopiraytinglik kurslarini tashkil qilish, matnlarni kreativ yozish, turizm obyektlari boʻyicha bloglar olib borishda matnlarni toʻgʻri tanlash boʻyicha master klasslar tashkil etish;
- Yangi davr adabiyotidagi soʻnggi tendensiyalarni yosh yozuvchilar, ssenariynavislarga oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;
- Adabiy hikoyalar, romanlar yoza oladigan tadqiq, tahlil eta oladigan sharqshunos mutaxassislarni yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;
- Har yili muntazam ravishda ikkala tomon bakalavr, magistr, tayanch doktorant va doktorantlarni oʻzaro ta’lim almashinuvi va ilmiy-amaliy pedagogik amaliyot uchun yuborish;
- Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish, ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish.
Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
- Xitoy zamonaviy yangi davr adabiyoti, adabiy janrlar, tarmoq adabiyoti hamda ijodiy yozuv (creative writing) boʻyicha turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazadi;
– Universitetning va Markazining tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;
– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;
– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;
– Jurnalistik materiallarni tayyorlash, publitistik janrdagi maqolalar yozish va ularni tahrir qilish qoidalarini oʻrganish boʻyicha mutaxassislar uchun maxsus seminar treninglar tashkil qiladi;
- Reklama matnlarini kreativ yondashuv asosida yozish boʻyicha amaliy treninglar tashkillashtiradi;
- Badiiy va nasriy adabiyot boʻyicha ijod qiluvchi yosh kadrlarni dunyo tajribasi, xususan xitoy tajribasi bilan tanishtiradi;
- Badiiy ilmiy manbaalarni tarjima qilish loyihalari hamda tarjima tanqidi ustida ish olib boradi; (Tayanch doktorant va doktorantlarni jalb qilgan holda);
- Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda iqtidorli talabalar uchun insho va hikoyalar yozish boʻyicha yozgi lagerlar tashkil qiladi;
- Filologiya, jurnalistika, turizm yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar uchun qisqa muddatli kopiraytinglik kurslarini tashkil qilish, matnlarni kreativ yozish, turizm obyektlari boʻyicha bloglar olib borishda matnlarni toʻgʻri tanlash boʻyicha master klasslar tashkil etadi;
- Yangi davr adabiyotidagi soʻnggi tendensiyalarni yosh yozuvchilar, ssenariynavislarga oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qiladi, qoʻshma loyihalarni amalga oshiradi;
- Xitoy zamonaviy yangi davr adabiyoti, xitoy tilida ijodiy yozuv mahorati boʻyicha amalga oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;
– Xitoy zamonaviy yangi davr adabiyoti, xitoy tilida ijodiy yozuv mahorati boʻyicha boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishning ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
– Talabalar va ilmiy tadqiqotchilarda ijodkorlik, xitoy tilida ijodiy yozuv mahoratini shakllantirishda bilim va koʻnikmalar beradi;
- Shanxay universiteti Ijodiy yozuv (Creative writing) fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan hammualliflikda ilmiy maqolalar, oʻquv adabiyotlari nashr qiladi.