Toshkent davlat sharqunoslik institutida Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari
Joriy yilning 18-may kuni Toshkent davlat sharqunoslik institutida Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda Karimjon SOBIRIY (“Mumtoz filologiya” kafedrasi MIsi) “Tan sulolasi bilan turk xalqlari orasidagi do‘stlik aloqalarining guvohi “Kultigin bitig tosh”ga o‘yilgan xitoycha matn talqini” mavzuida hamda Asqariy MADRAIMOV (“Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” KIXIsi) “Жизнь и научная деятельность В.В.Бартольда и А.З.Валидова” mavzuida ma’ruza qildilar.