Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
![]() |
Salayev Dilshodbek Sofarbayevich | |
Ilmiy darajasi va unvoni: | Katta o’qituvchi | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Dushanba, seshanba 9:00-12:00 | |
Tel.: | +998974779337 | |
E-mail: | dilshodbek_mf@mail.ru |
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 2020-yil 15-maydagi 1-sonli majlis qaroriga asosan “Turkshunoslik” fakulteti tarkibida “Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra Turkiya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Kafedra kesimidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarda Turkiya tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tarixiy bosqichlari, shuningdek, Turkiyaning iqtisodiyoti va moliya tizimi, mamlakatning innovatsion siyosati, Turkiyadagi modernizatsiya jarayonlar, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish modeli hamda Turkiyaning ichki va tashqi siyosati, xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda tutgan o‘rni, jahon siyosiy jarayonlaridagi ishtiroki o‘rganiladi.
Kafedraning asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilari tarkibi:
- Salayev Dilshodbek Sofarbayevich – o‘qituvchi
- Mirzayev Murodulla – fal.f.d., professor v.b.
- Xolmatov Nemat Boymirzayevich – i.f.n. dotsent
- Davlatov Zoirjon Zokiraliyevich – o‘qituvchi-stajyori
- Asadova Dilbarxon Fayzulloyevna – o‘qituvchi-stajyori
- Rashidov Javohir Farxod o‘g‘li – o‘qituvchi-stajyori
- Normayeva Mashhura G‘ulomovna – o‘qituvchi-stajyori
Kafedraning ichki o‘rindosh professor-o‘qituvchilari tarkibi:
- Qodirov Zikrilloxon Musoxonovich – katta o‘qituvchi
- Narimonov Diyorbek Maqsudovich – o‘qituvchi-stajyori
- Axmatov Shaxzod Nuralievich- o‘qituvchi-stajyori
- Jabborov Ziyo Burxon o‘g‘li- o‘qituvchi-stajyori
Kafedraning volontiyor professor-o‘qituvchilari tarkibi:
- Mustafo Karazeybek – t.f.n., dotsent
- Nurgul Bekar – PhD, dotsent
Kafedraning vatandosh professor-o‘qituvchilari tarkibi:
- Kamalova Zebiniso Xusanovna – PhD, dotsent
Kafedraning ta’lim yo‘nalishlari:
- Tarix (Sharq mamlakatlari tarixi (Turkiya))
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Turkiya iqtisodi)
- Jahon siyosati (Turkiya)
Kafedraning mutaxassisliklari:
- Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Turkiya iqtisodi)
- Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalavriyat yo‘nalishi:
- Tarix (Sharq mamlakatlari tarixi (Turkiya)) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 13 ta mutaxassislik va umumkasbiy fanlar o‘qitiladi.
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Turkiya iqtisodiyoti) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 13 ta mutaxassislik va umumkasbiy fanlar o‘qitiladi.
- Jahon siyosati (Turkiya) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 13 ta mutaxassislik va umumkasbiy fanlar o‘qitiladi.
Magistratura mutaxassisligi:
- Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi talabalari uchun 10 ta mutaxassislik va umumkasbiy fanlar o‘qitiladi.
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Turkiya iqtisodiyoti) mutaxassisligi talabalari uchun 10 ta mutaxassislik va umumkasbiy fanlar o‘
- Xalqaro munosabatlar va jahon siyosat mutaxassisligi talabalari uchun 10 ta mutaxassislik va umumkasbiy fanlar o‘qitiladi.
Kafedraning hamkor tashkilotlari:
- O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga
- O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi.
- Toshkent shaxar statistika boshqarmasi.
- “Ziraat Bank Uzbekistan” AJ.
- TICA tashkiloti.
- Istanbul Tijorat universiteti
- Ege universiteti
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari:
- Kafedra dotsenti M.Mirzayevning “Mamlakatshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.
- Kafedra dotsenti M.Mirzayevning “Zamonaviy islohatlar jarayonida liberal g‘oyalarning o‘rni” nomli monografiyasi chop etildi.
- Kafedra dotsenti M.Mirzayevning “Turkiya tarixiga oid atamalar izohli lug‘ati” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etildi.
- Kafedra dotsenti M.Mirzayevning “Turkiya tarixi ” nomli darsligi chop etildi.
- Kafedra dotsenti N.Xolmatovning “Mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy nazariyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.
- Kafedra dotsenti N.Xolmatovning “Makro va mikro iqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.
- Kafedra dotsenti N.Xolmatovning “O‘zbekistonda sanoatlashuv jarayonlarining omillar, shart-sharoitlari va istiqbollari” nomli monografiyasi chop etildi.
Kafedraning ilmiy mavzulari:
- O‘zbekistonda investitsiya muhitini takomillashtirishning instituttsional muammolari.
- O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotining dolzarb muammolar.
- Xorijiy mamlakatlar tarixi va tarixshunosligi.
“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” taʼlim yo‘nalishi talabalari uchun “Mintaqaviy taraqqiyot yosh iqtisodchilar nigohida” debat-klubi i.f.n. N.Xolmatov rahbarligida faoliyat yuritmoqda.
2022- yil 27- may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Istanbul universiteti bilan hamokorlikda tashkil etilgan “O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi: tarix va kelajak” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda “Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasining professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.
2022-yilning 2-dekabridan 18-martiga qadar, har chorshanba kuni Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi Kommunikatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Hamdi Turshuju tomonidan “Turkiyaning siyosiy hayoti” mavzusi doirasidagi turkum maʼruza mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Reja asosida har oyda “Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalar turar joyiga tashrif buyurishadi. Talabalar bilan maʼnaviy va maʼrifiy mavzuda suhbat o‘tkaziladi.
Turkiya Respublikasining Oʼzbekistondagi Elchixonasining 3-kotibi Bakkalbashi Mehmet Kaan (Bakkalbasi Mehmet Kaan) tomonidan 2020 yilning 3 noyabridan boshlab 2020-2021 oʼquv yili davomida Universitetning turkshunoslik sohasida faoliyat yuritayotgan barcha professor-oʼqituvchidari, tadqiqotchilari, magistrantlari va talabalari uchun “Turkiya tashqi siyosati” mavzusi doirasidagi 20 soatlik turkum maʼruza mashgʼulotlari oʼtkazildi.
Turkiya Respublikasining Oʼzbekistondagi Elchixonasining konsuli Yunus Emre Bakirchi (Yunus Emre Bakirci) tomonidan 2020 yilning 2 dekabridan 2021 yilning 27 fevraliga qadar volontyorlik asosida “Usmoniylar davridagi turk tili” mavzusi doirasidagi 20 soatlik turkum maʼruza mashgʼulotlari oʼtkazildi.
“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” taʼlim yoʼnalishi talabalari uchun “Mintaqaviy taraqqiyot yosh iqtisodchilar nigohida” debat-klubi i.f.n. N.Xolmatov rahbarligida faoliyat yuritmoqda.
Reja asosida har oyda “Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi professor-oʼqituvchilari talabalar turar joyiga tashrif buyurishadi. Talabalar bilan maʼnaviy va maʼrifiy mavzuda suxbat o’tkaziladi.
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: