Doktorantura
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDAGI DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK YO‘NALISHLARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlagan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik asosida oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlanadi.
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI 2025-YIL UCHUN DOKTORANTURA QABUL KVOTASI
TAYANCH DOKTORANTURAGA TALABGOR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA KIRUVCHI SHAXS QUYIDAGI TALABLARGA MUVOFIQ BO‘LISHI KERAK
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA TALABGOR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI
QABUL IMTIHON DASTURLARI
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA HUJJAT TOPSHIRISH BOSHLANDI!
Doktorantura, tayanch doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadigan bakalavr, magistr va fan nomzodi ixtisosligi yo‘nalishi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosligi mansub bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ixtisosliklar muvofiq bo‘lmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar OAK hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtihonlar topshirishi kerak.
Doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarining shaffofligi va adolatliligini ta’minalsh maqsadida:
– qabul komissiyasi tomonidan doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (onlayn translyasiya) o‘tkazish va jarayonlarni ZOOM platformasida tashkil etish, videokuzatuvlar uzluksizligini ta’minlash hamda texnik nosozliklarni oldini olish choralarini ko‘riladi.
Zoom platformasi linki.
https://us02web.zoom.us/j/87222612823?pwd=b2VuM1l3dUw3WlZTVFZYcWw4a0pnZz09
Login: 896 9244 2382
Parol: 550238