Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

❗️E’LON

16.07.2020, 10:46 Yangiliklar 4015

❗️E’LON:

🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasalarini 2019/2020 o‘quv yili bitiruvchilari uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi.

🔰Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:

👉1) diplom.edu.uz veb-saytiga kiring. Ekraningizdagi paydo bo‘lgan sahifaning «JShShIR» qismida pasportingizdagi tegishli ma’lumotni kiriting va «Tekshirish» tugmachasini bosing.

👉2) Keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy ma’lumotlari aks etadi. Agarda mazkur sahifaning «Diplom raqami» qismida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, «Diplom nusxasini ko’chirib olish» tugmachasini bosing.

📲Mabodo, «Diplom raqami» qismida ma’lumotlar aks etmasa, o‘zingiz tamomlagan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qiling.

📚Bakalavriat bitiruvchilari diplom va uning ilovasi elektron nusxalari bilan magistr.edu.uz veb-platformasi orqali 2020/2021 o‘quv yili uchun  magistraturaga onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

__________________________________

Yangilikni bitiruvchi yaqinlaringizga ulashing:  t.me/otm_info

photo_2020-07-16_10-44-17

photo_2020-07-15_21-50-10