“V Sharqshunos talabalar festivali” doirasida rus tilida “Kahoot” enerjayzer oʻyini boʻlib oʻtdi

#kahoot
2024-yil 15-noyabr kuni TDSHUda “V Sharqshunos talabalar festivali” doirasida rus tilida “Kahoot” enerjayzer oʻyini boʻlib oʻtdi.
Ushbu loyihada universitet doirasida umumiy 40 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.
Qiziqarli va bahslarga boy tarzda oʻtgan ushbu intellektual ringda Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar institutining “WINX + 1” jamoasi birinchilikni egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakultetining “Конкистадоры” jamoasi hamda uchinchi oʻrinni esa Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar institutining “Kryptonite” jamoasi qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar festival yakunida universitet rahbariyati tomonidan belgilangan miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.